Robben ECHLning javob bahsida maydonga qaytishi mumkin
28 fev 2019 18:15
Yangiliklar


Robben ECHLning javob bahsida maydonga qaytishi mumkin
Myunxenning “Bavariya” klubi yarimhimoyachisi Aren Robben bir haftadan so'ng jamoa mashg'ulotlariga kirishadi, deya xabar qiladi “Bild“.
Germaniya nashrining malum qilishicha, futbolchi ECHLning "Liverpul"ga qarshi 1/8 final javob bahsida maydonga qaytadi. Mazkur to'qnashuv 13 mart sanasiga belgilangan. Gollandiyalik 35 yoshli yarimhimoyachi o'tgan yilning noyabrida chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
Robben joriy mavsum myunxenliklar safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va ikki bora gollarga hammualliflik qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar