Riyod Mahrez "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
26 iyu 2022 14:55
Yangiliklar
Riyod Mahrez "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
"Manchester Siti" futbolchisi Riyod Mahrez klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Jazoirlik futbolchining klubi bilan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar davom etadi. Unga ko'ra futbolchi haftasiga 185 ming funt maosh oladi.
"Man Siti" va futbolchi yaqin vaqtlar ichida muzokaralarni boshlash niyatida. Ayni damda Gabriel Jezusning "Arsenal"ga o'tayotgani sababli Mahrez markaziy hujumchi bo'lishi kutilmoqda. "SHaharliklar" futbolchi bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzolamoqchi.
O'tgan mavsumda Mahrez APLning 28 o'yinida qatnashib, 11 gol va 5 assist qayd etdi.
Fikrlar