"River Pleyt" jazolandi
30 noy 2018 11:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465066_original.jpg)
![](/upload/storage/465066_220.jpg)
"River Pleyt" jazolandi
Janubiy Amerika futbol konfederaciyasi (KONMEBOL) "Boka Xuniors"ga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan bahs oldidan yuzaga kelgan tartibsizliklar uchun "River Pleyt"ni jazoladi.
"River Pleyt" 2019 yilda KONMEBOL miqiyosidagi 2ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi.
SHu bilan birga klub 400 ming dollar jarima to'laydi. Mablag' homiylik tushumlari va telehuquqlar uchun bonuslardan ushlab qolinadi.
"River Pleyt" 7 kun ichida apellyaciya berish huquqiga ega.
Eslatib o'tamiz, "River" muxlislari "Boka" avtobusiga hujum qilib, futbolchilarga shikast etkazishgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar