Braziliyalik sobiq hujumchi Rivaldo PSJ hujumchisi Neymarning jamoani tark etishi mumkinligi borasida gapirdi.
"PSJ - tarixi yo'q jamoa. Agarda Neymar ketmasa, sovrinlar yutishi mumkin, biroq uning saviyasi tushib ketadi. Fransiya chempionati saviyasi past ekanligini barcha biladi", - dedi Rivaldo.