Rivaldo: "Levandovski - "Oltin to'p" uchun kurashda favorit"
06 noy 2021 16:20
Yangiliklar
Rivaldo: "Levandovski - "Oltin to'p" uchun kurashda favorit"
1999 yilgi "Oltin to'p" sohibi "Barselona" sobiq hujumchisi Rivaldo 2021 yilda ushbu mukofotni kim olishi kerakligini aytdi.
"Levandovski - "Oltin to'p" uchun kurashda favorit. U Messi va Salah kabi mukofotga arziydi.
Robert - "Bavariya"da farqni taminlab beruvchi fantastik o'yinchi va ajoyib to'purar. Biz buni "Benfika"ga qarshi CHempionlar Ligasi doirasidagi o'yinda qilgan xet-trigi bilan yana bir bor ko'rdik", - deydi Rivaldo.
33 yoshli polyak joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p"ni topshirish jarayoni 29 noyabrda Parijda bo'lib o'tadi.
Fikrlar