Rifat Akramxo'jaev: "Mavsumni g'alaba bilan boshlaymiz, degan umiddaman"
20 fev 2021 20:25
Yangiliklar


Rifat Akramxo'jaev: "Mavsumni g'alaba bilan boshlaymiz, degan umiddaman"
"Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaev qura tashlash marosimidan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yangi mavsumga qura tashlash marosimi yaxshi saviyada tashkil qilindi. Nima bo'lgan taqdirda ham barcha jamoalar bilan o'ynaymiz. Mavsumni g'alaba bilan boshlaymiz, degan umiddaman. Keyingi uchrashuvlarga ham munosib tayyorlanamiz.
CHempionat startida "Metallurg" bilan o'ynashimizni kutmagan edim. CHiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Rifat Akramxo'jaev.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar