Riberi faoliyatini yakunlashi sababini aytdi
23 okt 2022 00:33
Yangiliklar
Riberi faoliyatini yakunlashi sababini aytdi
Sobiq futbolchi Frank Riberi faoliyatini yakunlashi sababi haqida gapirdi.
"Uch oy oldin o'zimni yaxshi his qilayotgandim. Mavsumoldi yig'inlar zo'r o'tdi, keyin esa tizzamdagi og'riqlar boshlandi. "Roma"ga qarshi o'yinni og'riq bilan o'tkazdim. CHidamli inson emasman, shu sababli keyingi ikki kun zo'rg'a yurdim.
SHifokorlar holatning og'irligini aytib o'tishdi. Tiklanishga harakat qildim, chunki futbolchilik faoliyatimni yakunlashimni tasavvur ham qila olmayotgandim. Barchasi yakunlanganidan keyin o'zim ketishni istagandim.
Kecha faoliyatim haqidagi videoni tomosha qildim, yig'ladim. Men ham odamman, yuragim bor. O'sha kun kelishini bilgandim, biroq bunday yomon ketishni istamagandim. Barchasi juda tez sodir bo'ldi. Og'riqli yakun", - dedi Riberi.
Fikrlar