So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  145 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  13 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

RFPL. Prevyu. Vitaliy Denisov jamoasi 20-turda "Spartak"ni qabul qiladi Yangiliklar

RFPL. Prevyu. Vitaliy Denisov jamoasi 20-turda "Spartak"ni qabul qiladi

Bugun tunda "Anji" hamda "Orenburg" o'rtasidagi bahs Rossiya chempionatining 20-tur uchrashuvlarini ochib beradi.

"Anji" - "Orenburg"

17 mart. 21:00


Ushbu tur eski odatlarga ko'ra juma kuni boshlanadi. Mehmondo'st "Anji" hamyurtimiz Vadim Afonin to'p tepadigan "Orenburg"ni qabul qiladi. Ikkala jamoa Premer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashishmoqda. 6 ta jamoa uchun 2 ta qutqaruv joyi. Hozircha "Anji" va "Ural" "cho'kayotganlardan" uzoqroqda. Ammo bu bahsdagi mehmonlarning g'alabasi imkoniyatlarni tenglashtirishi mumkin.

"Orenburg" tanaffusdan so'ng ikki uchrashuvda 4 ochko ishlab oldi. Avvaliga ular o'z maydonida "Arsenal"ni qabul qilib, tulaliklarga imkon berishmadi. Keyin esa "Rubin" bilan Qozonda durangga imzo chekishdi. "Anji" qishki tanaffusda tarkibni deyarli to'liq yangiladi. Jamoa "Spartak"ka qarshi bahsda kichik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, ammo ishonchli ko'rindi. Ularda hisobni tenglashtirish uchun etarlicha vaziyatlar bo'ldi.

Har qanday holatda ham "Orenburg"ga qarshi o'yin umuman boshqa hikoya. Turnir yakunlanishigacha uzoq vaqt borligini hisobga olsak, bu bahsni 6 ochko uchun o'yin deb atash mumkin. Bu tipdagi uchrashuvlar hisobni taxmin qilish juda qiyin.


"Tom" - "Amkar"

18 mart. 13:30


Turnir jadvalining eng so'nggi o'rnini egallab turgan "Tom" 2017 yil Rossiya chempionatida o'tkazgan 2 ta uchrashuvida 10 ta gol o'tkazib yubordi. Ammo bu jamoalar "Rostov" va CSKA edi. Bu safar tomliklar o'tgan tur sensacion tarzda "Zenit"ni mag'lub etgan "Amkar"ni qabul qilishadi. Ammo piterliklarga qarshi bahsda hakamlik ko'pchilikda shubha uyg'otdi.

6-o'rinni egallab turgan permliklar bu bahsda ochko ishlashi aniqdek ko'rinmoqda.


"Ural" - "Rubin"

18 mart. 16:00


"Ural" chempionatning ikkinchi qismiga so'nggi bahsdek tayyorlanmoqda. Kelasi yil Premer-ligada o'ynash huquqiga munosib bo'lish lozim. Faqat jon saqlab qolish uchun kurashayotgan kuchsiz jamoalarni mag'lub etavermay, turnir jadvalining yuqori qismidagi "zodagon"larni ham jazolay olish kerak.

"Rubin" "Orenburg"ga qarshi o'z maydonida o'tgan bahsda 3 ochko ololmagandi. "Ural" esa bundanda yomonroq ko'rinyapti. O'tgan hafta "Arsenal"dan mag'lub bo'lishiga qaramay, "Ural" o'z maydonida ishonchliroq o'yin namoyish etishi mumkin. Bu bahsda "Rubin"ni g'olib sifatida ko'rish to'g'ri emas.


"Lokomotiv" - "Spartak"

18 mart. 18:30


Turning asosiy bahsida "Lokomotiv" chempionat etakchisini qabul qiladi. O'tgan turda "Loko" "Krasnodar"ga mag'lub bo'lgandi, endi esa "Spartak" imtihonidan o'tadi. CHempionat etakchisi o'tgan turda qiyinchilik bilan "Anji"ni taslim etdi. Murabbiylar shtabining eng katta bosh og'rig'i - Promesning holati.

"Lokomotiv" "Krasnodar"ga qarshi bahsda yomon ko'rinmadi. Biroq - "buqalar"ni mag'lub etish uchun etarli darajada kuchli emas. "Spartak"ka tayyorgarlik avvalgisidan kam bo'lmasligi aniq. Mezbonlar o'zi va muxlislariga joriy mavsumdagi kurashni to'xtatmaganliklarini isbotlashlari kerak. Oldinga katta qadam tashlash uchun "qizil-oqlar" ustidan g'alabaga erishish lozim.

Derbi natijasini taxmin qilish qiyin. Ammo agar "Spartak" o'tgan haftadagi o'yinini ko'rsatsa, "Lokomotiv"da ochko olish uchun yaxshigina imkoniyat paydo bo'ladi.


"Krilya Sovetov" - "Rostov"

19 mart. 16:00

"Rostov" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazgan munosib o'yinidan so'ng "Krilya" mehmoniga aylanadi. Angliyadagi bahs haqida hech narsa degimiz kelmayapti, ammo bir so'zni aytish lozim. Barakalla! Endi Rossiya chempionatiga qaytish lozim.

"Krilya" tanaffusdan so'ng yomon o'yin ko'rsatmoqda. Xatto hozirgacha gol ura olishmadi. "Rostov" himoyada ishonchli o'yin namoyish etyapti. Mezbonlarga imkoniyat berishi mumkin bo'lgan yagona narsa, "Rostov"ning charchog'i. Rostov jamoasi samaraliklarga mag'lub bo'lishini tasavvur qilish qiyin.


"Terek" - CSKA

19 mart. 18:30


"Armiyachilar" "Tom"ga qarshi qiyin o'tmagan bahsdan so'ng "Terek" mehmoniga aylanishadi. "Terek" "Rostov"ga qarshi og'ir o'yin o'tkazdi. CSKA uchrashuv favoriti sifatida ko'rinmoqda, biroq bu o'yinda avvalgi bahsdagidek yarim kuch bilan g'alaba qozonish mumkin emas.

"Terek" turnir jadvalida yuqori o'rinni egallab turgan bo'lsada, kelasi mavsum o'zida evrokubok uchrashuvlarini o'tkazishi uchun tezroq bahoriy futbolga moslashishi lozim.


"Krasnodar" - "Ufa"

19 mart. 18:30


"Krasnodar" "Selta"ga mag'lub bo'lib, Evropa ligasidagi ishtirokini yakunladi. Zich taqvim va jarohatlar soni o'z tasirini o'tkazdi. Har qanday holatda ham jamoa o'zi bilan faxrlansa arziydi. Ular endi har mavsum evrokuboklar zonasida turnirni yakunlashga intilishadi. Turnir jadvalining yuqori qismidagi jamoalarning bir-biriga yaqinligini hisobga olsak, buni bajarish oson bo'lmaydi. Biroq "buqalar" uchun qiyinchiliklar qizil matodek ko'rinishi kerak.

Semak qo'l ostidagi "Ufa" chempionatning ikki uchrashuvida 6 ochko ishladi. "Terek" va "Krilya Sovetov" taslim etildi va har safar bu kichik hisobda amalga oshirildi. Bu safar avvalgilaridek bo'lmaydi. "Krasnodar" saviya borasida mehmonlardan ancha ustun. Ayni damda Evropa ligasi uchun "buqalar"ning raqobatchisi bo'lgan "Ufa" - ochkolar uchun kurashadi.


"Zenit" - "Arsenal"

19 mart. 21:30


"Zenit" muxlislarini ranjitishda davom etmoqda. CSKA bilan durang, "Amkar"dan uchralgan mag'lubiyat ishqibozlarni xursand qiladigan natija emas. Luchesku va rahbariyat hakamlikni istaganicha muhokama qilishi mumkin, ammo barcha omadsizliklarda referilarni ayblash mavsum oxirida chempionlikdan ayrilishga olib kelishi ehtimoldan holi emas.

Ha, tarixda so'nggi pallada otni qamchilagan chempionlar bo'lgan, ammo ayni damda bunday jamoa ko'zga tashlanmayapti. Jamoa Lucheskudan norozi ekanligi haqidagi mish-mishlar Sankt-Peterburgning turli burchaklarida tez-tez quloqqa eshitilmoqda.

"Arsenal" Lucheskuning "Zenit"dagi so'nggi o'yini bo'lishi mumkin. Agar piterliklar Tula jamoasiga qarshi g'alabaga erisha olmasa, norozilik darajasi maksimumga etishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика