So’nggi yangiliklar

01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  1 01:30PFA АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси номини эълон қилди  2 01:23Кутилмаган хабар! Салоҳ "Ливерпуль"дан кетади  1 00:51"Барселона" шов-шувли трансферни амалга ошириши мумкин, у Италия терма жамоаси юлдузи  7 00:20Эшитдик-да! Алишер Одилов легионерга айланиш арафасида, йўналиш БААдан Европа томонга қараб ўзгарди  1 00:04Денис Коростиченко: "Ғалаба қозонишимиз учун бир деталь етишмаяпти, холос. Алишер Одилов БАА клубига кўчиб ўтмоқда"  1 23:48Рўзиқул Бердиев: "Ҳужумда агрессия етишмади. Чемпионат ҳали-бери тугамайди, чемпионлик ҳақида гапиришга эрта"  3 23:33Сергей Арсланов: "Нефтчи" футболчиларига саволим бор..."  7 23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  10 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  9 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  54 21:50Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:3, жиззахликлар меҳмонда йирик ҳисобда зафар қучишди  1 21:23Суперлига. "Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Фарғоналиклар қаторасига тўртинчи учрашувда ғалаба қозона олмаяпти  76 20:53"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  5

Retro. Ravshan Ermatovning etti yil oldingi intervyusi Yangiliklar

Retro. Ravshan Ermatovning etti yil oldingi intervyusi

Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida FIFA hakami Ravshan Ermatov va uning yordamchisi Abdulhamid Rasulovni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo'lim o'tdi.
 Ravshan Ermatovga “El-yurt hurmati” ordeni hamda qimmatbaho “Malibu” avtomashinasi topshirildi.

Jahon chempionatlarida 9ta o'yinni boshqarib o'ziga xos rekord o'rnatgan Ravshan Ermatov bilan har qancha faxrlansak arziydi. Kasbim yuzasidan Ermatov bilan bir necha bor muloqotda bo'lganman. Pochtamning arxiviga ko'z yugurtirib Ermatovning 2007 yil 18 fevralda bergan intervyusini topdim. O'shanda Ravshan aka hozirgidek juda mashhur emasdi-yu, lekin o'ziga yarasha taniqli edi. Qiziq, intervyu qanday chiqqan ekan-a? O'shanda jurnalist tomonidan berilgan savollar va Ermatovning javobi hozirgi o'quvchini qiziqtirsa ajab emas. SHu bois o'sha suhbatni retro tarzida saytimizga joylashtirdik.

- Ravshan aka, yangi mavsum boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. CHempionatga tayyorgarlik qanday keyapti?
- Tayyorgarlikni 1 dekabrdan boshladik. O'z vaqtida milliy terma jamoamiz, "Samarqand-Dinamo" va "Do'stlik" klublarida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagan Jamshid Umarovni o'zimizga jalb etib, u kishi bilan mashg'ulotlar o'tkazdik. Jamshid aka murabbiyligida haftasiga besh marta mashg'ulot olib borayotgandik, ammo yaqindan beri mashqlarni u kishisiz davom ettirishga majbur bo'ldik. Sababi, Jamshid aka faoliyatini davom ettirish maqsadida Qozog'iston klublaridan biriga yo'l oldi.

- Demak, hozircha boshqa murabbiy yo'q ekan-da.
- Afsuski, shunday. Vaholanki, futboli rivojlangan ko'plab davlatlarda aynan hakamlarning jismoniy holati bo'yicha javob beradigan murabbiylar bor. Ular doim hakamlarni nazorat qilib turishadi.



- Unday bo'lsa, hozir tayyorgarlik qanday ketayotganini bizda kim tekshiradi?
- Buni hech kim tekshirmaydi. Bizning hakamlar qo'mitamiz hali professional darajada emas. SHu bois har bir hakam o'z holiga tashlab qo'yilgan. Mana shuning uchun ham bizlar, yani 10-15 nafar hakam yig'ilib, Jamshid Umarovni jalb etgandik. U kishini hech kim bizga biriktirib qo'ygani yo'q. Afsuski, shu tomonlama federaciya ishga professional yondoshmayapti.

- Bizda hakamlar qo'mitasi O'FF tarkibida. Boshqa davlatlarda ham shundaymi?
- Futboli rivojlangan davlatlarda hakamlar qo'mitasi milliy federaciyaga bo'ysunadi, musobaqalarni o'tkazish bo'limiga emas. Ular bir-biriga bosim o'tkazmasin degan maqsadda shunday yo'l tutiladi. Bizda esa hakamlar qo'mitasi bilan musobaqalarni o'tkazish bo'limi alohida-alohida ish olib bormaydi. Bu esa ko'p hollarda ishimizga xalaqit beryapti.

- O'tgan yil "Nasaf" ishtirokida ketma-ket ikki bahsni boshqardingiz. Safarda "Traktor" va o'z maydonida "Neftchi"ga qarshi uchrashuvlarni. Etiborlisi, qarshiliklar har ikkala o'yinda bir xil - 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Bizda bir hakamning bir jamoa ishtirokidagi ketma-ket ikkita bahsini boshqarishga ruxsat berilganmi?
- Ruxsat berilganmi-yo'qmi, buni bilmayman. Bundan tashqari, hech qaerda ruxsat berilmasin degan yozuvga ko'zim tushmagan. Men hakamlar qo'mitasi va O'FFga bo'ysunaman. Vazifam qaysi uchrashuvga qo'yishmasin, o'shani boshqarish. Ular shu o'yinni boshqarasan deyishdimi, mening o'sha yoqqa bormasdan ilojim yo'q.



- Baribir "Nasaf" ishtirokidagi o'sha bahslardan so'ng gap-so'z ko'payganini inkor etmasangiz kerak?
- Menimcha, hakamlik borasida hech qanday gap-so'z bo'lmagandi. YO bo'ldimi? Qaysidir gazetada o'qidim, "Neftchi" - "Mashal" bahsining birinchi taymidan keyingi tanaffus tugagach, Ravshan Ermatov 12 daqiqa kechikib keldi" deb yozishgan ekan. To'g'risi, o'shani o'qib juda xafa bo'ldim. Vaholanki, o'sha kuni maydonga kech chiqmagandim. Har doim o'yin paytida qo'limda ikkita soat bo'ladi. Har gal maydonga kechikmasdan, ko'p hollarda ikkinchi taym boshlanishiga uch daqiqa qolganda chiqib kelaman. Keling, endi siz aytgan uchrashuvlarga qaytsak. Aniq vaziyatlar bo'yicha olib qaraganda qaerda etirozlar bo'ldi?

- Masalan, ikkinchi taym boshlarida "Nasaf"dan Kamoliddin Kenjaevga "qizil" ko'rsatganingiz sababi nimada?
- Agar Kenjaev bilan sodir bo'lgan holat yana besh marta qaytarilsa, hammasida "qizil" bergan bo'lardim. Darvoqe, o'sha o'yindan so'ng "Nasaf" murabbiylaridan biri oldimga kelib "Ravshan, Kamoliddin raqib futbolchisining orqasidan sakramadi-ku, nega qizil kartochka ko'rsatding?" deb so'radi. SHunda men FIFAning yangi qoidalariga binoan futbolchi raqibining orqasidan sakraydimi, oldidanmi, yonidanmi farqi yo'q, bir xil qaror chiqarishimiz kerakligini tushuntirdim. Bu qoida chiqqaniga yarim yil bo'lgandi. Keyin murabbiy bizning bu qoidadan xabarimiz yo'q degandek gap qildi. Men bo'lsam, hakam sifatida bu qoidani bilishimni, agar bilmasangiz, bu mening muammom emasligini aytdim.

- Qarshidagi o'yinda "Neftchi"dan Anvar Berdievni ham chetlatdingiz. Buning sababi o'yinchilar sonini tenglashtirishmidi?
- Yo'q. Anvar Berdiev Vali Keldievni qattiq haqorat qilgani uchun chetlatildi. Agar Anvarga o'sha zahoti "qizil" bermaganimda "Nasaf"dan boshqa futbolchilar ham oraga suqilib, o'rtada janjal chiqishi mumkin edi. SHu bois darhol bu holatning oldini olish maqsadida qizil kartochka ko'rsatdim.



- "Nasaf" ishtirokidagi uchinchi bahsni ham sizga topshirishsa boshqargan bo'larmidingiz?
- Nega endi boshqarmas ekanman, albatta boshqarardim. Agar hakamning vijdoni toza bo'lsa, u har qanday o'yinni boshqaraveradi.

- FIFAda hakamlarni Blatter himoya qiladi, bizda kim shu ishni amalga oshiradi?
- Mavsum yakunlanganidan so'ng federaciyamiz rahbari Mirabror Usmonov hakamlarni yig'ib aytdilar: "Bundan buyon men sizlarni himoya qilaman. Hech kimdan qo'rqmasdan o'yinni boshqaraveringlar. Faqat Xudodan qo'rqsanglar bo'lgani".

- Yaxshi hakamning maydonda bor-yo'qligi sezilmaydi deyishadi. SHu fikrga qo'shilasizmi?
- Bu gap asosan 80-yillar futboliga mos keladi. Futbol avvallari shunchaki qiziqish uchun o'ynalgan bo'lsa, endilikda hamma unga jiddiy qarayapti. SHunday o'yinlar bo'ladiki, hakam tez-tez o'yinga qo'shilishiga to'g'ri keladi. Agar bir chetda qarab tursangiz, bahs janjalga aylanib ketishi hech gap emas. SHu bois men yuqoridagi fikrga ko'p ham qo'shilmayman.

- O'zbek futbolida hakamlarning o'rni qanday?
- Futbolni hakamlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Sportning bu turida murabbiy va futbolchilarning o'rni qanday bo'lsa, hakamlarning o'rni ham shunday. Hakam o'yin yaxshi o'tishi uchun har ikki jamoa futbolchilari, murabbiylar va muxlislarga xizmat ko'rsatadi. Yani, biz xizmatdagi kishilarmiz.

- Bazi gap-so'zlarga qaraganda, bizda hakamni sotib olsa bo'lar ekan?
- Bunday holat nafaqat bizda, balki butun dunyoda ro'y berishi mumkin. CHunki hakamlar har xil bo'ladi. Aslida hakam do'kondagi narsa emaski, uni sotib olish mumkin bo'lsa. O'z vijdonini birinchi o'ringa qo'ygan hakam hech qachon sotilmaydi.
 


- Faoliyatingizda hech kelishilgan o'yinlar uchraganmi?
- Yo'q, bunaqasi umuman bo'lmagan. Xudo xohlasa bo'lmaydi ham. Ehtimol, bizda ham shunday uchrashuvlar bordir, lekin men ishtirok etmaganman. SHaxsan menga bu borada hech kim pul taklif qilmagan.

- Futbolchining dushmani – jarohat deyishadi. Hakamlarning-chi?
- Hakamlarning dushmani - o'yin paytida yo'l qo'ygan xatolari. CHunki har bir yo'l qo'yilgan xato ko'nglimizni xira qilmasdan qolmaydi.

- Agar hakamlikni tanlamaganingizda, kim bo'lardingiz?
- Men dastlab futbolchi bo'lganman. Jarohat olmaganimda, hozir ham to'p tepib yurgan bo'larmidim. Hakamlik sohasiga shu darajada kirishib ketganmanki, o'yindagi holatlar hatto tushimgayam kirib chiqadi. O'zimni bundan boshqa kasbda tasavvur qila olmayman.

- Bir o'yinda o'rtacha qancha masofani bosib o'tasiz?
- O'zim hisoblab ko'rmaganman-u, biroq kuzatuv natijalari shuni ko'rsatyaptiki, hakamlar bir o'yinda o'rtacha 12-13 kilometr yugurishadi. Futbolchilar esa o'rtacha 8-9 kilometr masofani bosib o'tishadi.



- Ingliz tilini qay darajada bilasiz?
- Ingliz tilida bemalol gaplasha olaman. Buning uchun otam Sayfiddin Ermatovdan minnatdorman. Sababi, otam yoshligimda meni majburlab ingliz tili o'qituvchisiga bergandi. Xalqaro bahslarni boshqarayotganda tilni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz tilini bilmagan hakamga OFK, FIFA uchrashuvlarini boshqarishga ruxsat berilmaydi.

- Hakamlarda yosh chegarasi qanchani tashkil qiladi?
- OFK va FIFAda 45 yoshgacha hakamlik qilish mumkin. Oliy ligada 48, birinchi ligada esa 45 yoshgacha.

- Keyinchalik faoliyatingiz to'g'risida kitob yozish niyatingiz bormi?
- Men doim o'zim boshqargan uchrashuvlarga oid qiziqarli va statistik malumotlarni yozib boraman. Buning uchun alohida daftar tutganman. Nasib qilsa, bir kun kelib kitob holida chop etilar. Ochig'i, bu haqda jiddiy o'ylab ko'rmagan ekanman.

- Maydonga chiqishdan oldin irim qilasizmi?
- Irim qilmayman, ammo tortishadigan vaziyatlar bo'lmasin deb Xudodan so'rayman. Odatiy hol sifatida har gal ikkita soat taqib tushaman. SHuningdek, hushtagim, sariq va qizil kartochkalarim ham ikkitadan bo'ladi.



- Qaysi hakamlarga havas qilasiz?
- Rossiyadan Valentin Ivanov, germaniyalik Markus Merk, meksikalik Benito Archundiya, urugvaylik Xorxe Lariondolarga havas qilaman. Ulardan ko'p narsa o'rganish mumkin.

- Siz uchrashgan hakamlar orasida eng taniqlisi kim?
- Meksikalik Benito Archundiya. U bilan 2004 yil Qatarda uchrashganman. Mashhur hakam bo'lishiga qaramay, Archundiya juda oddiy inson ekan, o'zini boshqalardan ustun qo'ymaydi.

- Qachon sizni Osiyoning eng kuchli hakami sifatida ko'ramiz?
- Men qitaning eng kuchli hakami bo'lish uchun emas, balki menga topshirilgan har bir o'yinni bexato boshqarishga harakat qilaman. O'tgan yili Osiyo hakamlari reytingiga ko'ra kuchli o'ntalikdan joy oldim. Endi 29 yoshga to'lganim bois bu ham men uchun katta sharaf.

Suhbatdosh: Xayrulla Xoliqov.
2007 yil, 18 fevral.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика