"Retro futbol": Stankovichning Noyerni uyaltirgan zarbasi (4-son)
05 apr 2021 20:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629286_original.jpg)
![](/upload/storage/629286_220.jpg)
"Retro futbol": Stankovichning Noyerni uyaltirgan zarbasi (4-son)
Championat.asia etiboringizga havola qilayotgan "Retro futbol" ruknidan allaqachon tarixga aylangan, ammo har bir futbol muxlisiga zavq bag'ishlaydigan videolavhalar joy oladi.
Milanning "Inter" klubi Evropa CHempionlar Ligasining 2010-2011 yilgi mavsumini 1/4 finalda yakunlagan edi. O'shanda "neradzurrilar" "SHalke" to'sig'idan o'ta bilmagan. Mazkur jamoalar o'rtasidagi 1-bahs 5 aprel kuni "Juzeppe Meacca" o'tkazilgan va unda gelzenkirxenliklarning qo'li baland kelgan (5:2).
Gollarga boy o'tgan o'yinning ilk daqiqasidayoq hisob ochilgan. "Inter" vakili Deyan Stankovich nemislar darvozasini maydon markazidan ishg'ol qilgandi. "SHalke"ning mavsum yakunida "Bavariya"ga ko'chib o'tadigan posboni Manuel Noyer o'sha kuni butun faoliyati davomidagi eng chiroyli gollardan birini o'tkazib yuborgan edi.
Marhamat, Stankovichning ajoyib golini yana bir bor tomosha qilib, eslang.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar