Reshford MYU taqvimini tanqid qildi
15 iyu 2023 13:03
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jamoaning o'tgan mavsumdagi taqvimini tanqid ostiga oldi.
"Klublar miqyosida biz haftada bir marta o'ynaydigan jamoalarga qarshi o'ynaymiz, o'shanda o'zimiz haftada 3 ta o'yin o'tkazayotgan bo'lamiz – noyabrdan boshlab Evropa Ligasidan chiqib ketgunimizcha shunaqa bo'ldi. Bu jinnilik! Bu qiyin. Garchi biz bunga o'rganib qolgan bo'lsak ham, men buni to'g'ri deb o'ylamayman", – dedi futbolchi.
25 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 56 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol va 11 ta assistga mualliflik qildi.
Avvalroq Reshford "Manchester Siti"ni trebl bilan tabriklagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar