Reshford ten Xag bilan gaplashmoqchi
04 may 2022 16:15
Yangiliklar
Reshford ten Xag bilan gaplashmoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford kelajagi borasida qaror chiqarishdan oldin yangi murabbiy Erik ten Xag va uning murabbiylar shtabi bilan gaplashmoqchi.
24 yoshli futbolchi Manchester klubi asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi va o'yinchining jamoadan ketishi mumkinligi aytilmoqda.
Hujumchi avvalo niderlandiyalik mutaxassis bilan gaplashib ko'rmqochi.
Reshford joriy mavsum APL doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar