Reshford Sulsherning natijasini yangiladi
29 okt 2020 03:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/600221_original.jpg)
![](/upload/storage/600221_220.jpg)
Reshford Sulsherning natijasini yangiladi
"Manchester Yunayted" ECHLning 2-turida "Leypcig"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvda 3 gol urgan Markus Reshford 64-daqiqada birinchi gol muallifi Meyson Grinvudning o'rniga maydonga tushgandi.
Bunga qadar ECHLda zaxiradan maydonga tushib, xet-trik qayd etgan 4 futbolchi bor edi: Kilian Mbappe (PSJ, 2019 yil), Xoseba Lorente ("Vilyarreal", 2008 yil), Valter Pandiani ("Deportivo", 2001 yil), Uve Resler ("Kayzerslautern", 1998 yil).
SHuningdek, Reshford MYU tarkibida zaxiradan maydonga tushib, xet-trikni nishonlagan ikkinchi futbolchiga aylandi. Dastlabki natija 1999 yili Ole-Gunnar Sulsher tomonidan "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinda qayd etilgandi.
Ushbu g'alabasi orqali MYU o'z guruhida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar