Reshford 2015 yildan beri MYUning birinchi o'yinchisi

Tolibjon Qosimov
3 sen 2018, 19:48
Kecha APL 4-turi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasi "Byornli" maydonidan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi.

Ana shu uchrashuvning 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Markus Reshford Fil Bardsli bilan tortishib ketgani uchun qizil kartochka oldi.

Shu tariqa, Reshford 2015 yildan beri to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan MYUning birinchi o'yinchisi bo'ldi. So'nggi bor Maruan Fellayni "Xall Siti"ga qarshi bahsda to'g'ridan-to'g'ri chetlatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe