Remzi "Yuventus" libosida suratga tushdi
01 iyu 2019 16:36
Yangiliklar
Remzi "Yuventus" libosida suratga tushdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi "Yuventus" libosidagi suratni "Instagram" sahifasiga joyladi.
28 yoshli uelslik futbolchi Italiya klubiga erkin agent maqomida o'tgan. Oldinroq malum bo'lganidek, Remzi "Yuventus"da 8-raqam ostida o'ynaydi.
Xavbek o'tgan mavsum "Arsenal"da o'ynagan. Remzi 40ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assistga erishgan.
Futbolchi faoliyatini "Kardiff Siti"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008 yilda Remzini Londonning "Arsenal" klubi o'z tarkibiga qo'shib olgan. Londonliklar uni turli yillarda "Nottingem Forest" va "Kardiff Siti" klublariga ijaraga bergan.
Remzi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar