Remsi grandlar bilan muzokara o'tkazadi
01 jan 2019 18:45
Yangiliklar
Remsi grandlar bilan muzokara o'tkazadi
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsi kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q.
28 yoshli xavbek yanvarda Evropaning beshta top klubi bilan muzokara o'tkazadi.
Remsi faoliyatini "Bavariya", "Inter", "Yuventus", PSJ va "Real"da davom ettirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Uelslik sentyabrda "Arsenal" bilan yangi bitim borasida muzokaralarni to'xtatgan edi. Yozda u erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin.
Futbolchining o'zi hoziroq klubini o'zgartirishga tayyor, ammo londonliklar Remsi uchun 40 mln. funt talab qilishmoqda.
Fikrlar