So’nggi yangiliklar

20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 2:2  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  350 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3

Reglament tasdiqlanishi yoki chempionat to'xtatilishi kerak Yangiliklar

Reglament tasdiqlanishi yoki chempionat to'xtatilishi kerak

Pademiya davrida futbol mavsumiga restart berishga haddi sig'gan chempionatlarning barchasi futbolchilarning infekciya bilan zararlanish ehtimolini ham o'z zimmasiga olgan.

Jumladan, ertami-kechmi O'zbekiston Coca Cola Superligasida ham shu kabi xunuk holatlarning ro'y berishi aniq edi.

COVID-19 infekciyasi o'zini uzoq kuttirib o'tirmadi: "Bunyodkor" (Islomjon Qobilov), "Surxon" (Nuriddin Hasanov hamda Xusniddin G'ofurov), "Paxtakor" (5 nafar futbolchi), Olim SHokirov boshchiligidagi 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoasi  (7 nafar futbolchi izolyaciyaga olingan). Afsuski, bu aysbergning faqat ko'rinib turgan qismi bo'lishi mumkin. Bizdagi tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, boshqa jamoalarda ham zararlanish holatlari mavjud, ammo klub rahbariyati tomonidan sir tutilmoqda. 

Saytimiz orqali 22 iyun sanasida etiboringizga havola qilingan maqola aynan shu mavzuga bag'ishlangan va unda pandemiya davrida davom ettiriladigan chempionat uchun maxsus reglamentni tezda ishlab chiqilib, tasdiqlanishi kerakligi takidlangan; misol tariqasida Janubiy Koreya, Germaniya, Angliya yo'li ko'rsatilgan edi. To'g'ri, rivojlangan mamlakatlardagi texnik imkoniyatlarning bizda mavjud emasligi ishning ulardagi singari silliq kechishini taminlay olmasdi. Ammo reglamentning tasdiqlanishi oldinga tashlangan katta qadam va eng kamida zararlanish holatlarining O'zPFLdan yashirilishi yoki noto'g'ri malumot taqdim qilinishining oldini olgan bo'lar edi. Keling, shu o'rinda diqqatimizni tortgan bir masalani sizning etiboringizga ham havola qilamiz. 

"Bunyodkor"da ilk infekciya aniqlangani yodingizdami? Bu haqida 12 iyul kuni PFL rasmiy sayti xabar berdi. Keyingi kuni esa "Bunyodkor" matbuot xizmati futbolchining holati barqarorligini malum qildi. O'sha xabarda "qaldirg'ochlar" azosida ilk alomatlar 9 iyul kuni ko'rinish bergani va alohida tartibda nazoratga olingani takidlangan edi. Etiroz yo'q, ajoyib! Oradan 4 kun o'tdi. Endi "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev Islomjon Qobilovning harorati "Navbahor" (7 iyul) bilan o'yin oldidan ko'tarilgani, ammo uchrashuvga 2 kun qolganida o'zini yaxshi his qilayotganini aytgani bois namanganliklarga qarshi maydonga tushganini bildirgan. Savol tug'ilishi tabiiy: nega bitta tomon bir holat bo'yicha 2 xil malumot berdi? Qobilovda dastlabki alomatlar ko'rina boshlagandayoq futbolchi izolyaciya qilinib, shifokorlar ko'rigidan o'tkazilishi kerakmasmidi? Toshkent klubi "Navbahor"ga qarshi o'yinda nima sababdan potencial kasal futbolchini maydonga tushirdi va bu orqali har ikki jamoa azolarini xavf ostiga qo'ydi?

SHuningdek, 17 iyul kuni "Surxon" futbolchilari Nuriddin Hasanov hamda Xusniddin G'ofurovda COVID-19 infekciyasi tasdiqlangani malum qilindi. Xabarda takidlanishicha, o'yinchilarda holsizlanish alomatlari 13 iyulda paydo bo'lgan. Xabaringiz bor, Termiz klubi bundan bir kun oldin Andijonda mehmon bo'lgan va Husniddin G'ofurov uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan edi. Bu "Andijon" klubi futbolchilarini ham zudlik bilan tibbiy ko'rikdan o'tib, test topshirishlari kerakligini taqozo qiladigan holat. O'zPFL rasmiy sayti ham bunga alohida urg'u berdi. Mana, oradan 3 kun o'tdi. Biroq, hamon andijonliklar tomonidan bu borada amalga oshirilgan say-harakatlar to'g'risida xabar topmadik. To'g'ri, "Andijon" o'shandan beri hech kim bilan o'ynamadi, xavotirlanadigan jihat yo'q, deb o'ylashingiz mumkin. Ammo G'ofurov bilan aloqada bo'lgan birgina "Andijon" futbolchisining virusga yo'lliqan bo'lish ehtimoli bor. Bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida gapirishning o'zi ortiqcha.

Bizga malum bo'lishicha, barcha jamoalar chempionat restarti oldidan test topshirgan. SHundan keyin faqat "Paxtakor"gina ishga professional tarzda yodashib, o'z futbolchilarining sog'lig'i haqida qayg'urgani holda, muntazam ravishda (har hafta) test topshirib kelyapti. Kecha "sherlar"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlangani fonida faqat chempionat restarti oldidan test topshirgan "Buxoro", "Qizilqum" yoki "Mashal" singari jamoalardagi osoyishtalik shubha tug'dirmaydimi? Bir narsa aniq, test bo'lmasa, virus ham yo'q.

Bilasizmi, pandemiya davrida o'tkaziladigan chempionat uchun maxsus reglament tasdiqlanganida hech kim hech narsani yashirolmasdi; hech kim bir-birini rad qiladigan 2 ta malumotni berolmasdi, bersa ham javobgarlikka tortilardi; hech kim test topshirish jarayonini paysalga sola bilmas edi...

Albatta, musobaqa restartidan keyin o'yinlar shiddatliroq ko'rina boshladi, muxlislar etibori har doimgidan ortgandek tuyulyappti. Ammo o'sha ayta-ayta uvadasini chiqarib yuborganimiz maxsus reglamentsiz o'tadigan har bir tur, o'yin O'zPFL mavsumni boshlash uchun tayyor emasligini isbotlab beryapti. Faqat tavakkal va yaxshi niyat vositasida maqsadga erishib bo'lmaydi. Gapirish oson, deyishingiz mumkin. Ammo janoblar, tan olaylik, mamlakatimizda birinchi bor karantin elon qilinganiga 4 oydan oshib ketdi. Bunda murabbiylar, klub rahbarlarining aybi ko'proq: bu masalani biz emas, avvalo, ular talab qilishlari kerak edi.

Xullas, pichoq borib suyakka taqaldi. O'zPFL, klublarning rahbarlari, murabbiylar — barcha chempionatning keyingi taqdiri haqida jiddiy bosh qotiradigan vaqt keldi. Musobaqani yangi reglamentsiz davom ettirish mumkin emas. Buning avtopoygaga velosipedda chiqishdan hech farqi yo'q. CHempionatni to'xtatish xalqaro natijalar, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati va shunga o'xshash masalalarga tasir o'tkazadi. Ammo bularning hech biri bir dona futbolchimiz hayoti oldida zig'ircha ahamiyat kasb etmaydi.

P.S.: Mazkur material tonggi 7:30 lar atrofida tugatilgan, texnik sabablarga ko'ra chop etilishi kechikdi. Tongda "Buxoro"da koronavirus aniqlangani bo'yicha malumotlarimiz yo'q edi. Bilishimizcha, ayni paytda O'FA va PFL Superliga o'yinlari masalasida onlayn yig'ilish o'tkazmoqda. Unda yuqorida takidlangan masalalar ham ko'rib chiqilayotgan bo'lishi mumkin. Bunga keyinroq batafsil to'xtalamiz.

PFL Zoom: CHempionat davom etadi, 3 ta o'yin qoldirilishi mumkin. Hamid Aktamovdan shedevr, "Paxtakor"ning murojaati

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика