“Real”ning yana bir himoyachisi uchun mavsum tugagan bo'lishi mumkin

Eldor Akmurzayev
11 may 2021, 20:52
Avvalroq, madridliklar sardori Serxio Ramos chap oyog'idan olgan jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi taxmin qilingandi.

Bugun esa Ferlan Mendining boldir suyagiga shikast etgani ma'lum bo'ldi. Katta ehtimol bilan franciz uchun mavsum yakunlandi. U La Liga doirasidagi “Granada”, “Atletik” va “Vilyarreal”ga qarshi muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

“Real” Ispaniya chempionatida 75 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua