"Real"ning ikki futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi

Sherzod Nurmatov
11 okt 2023, 19:00
Bu haqda "Marca" xabar berdi.

"Real" himoyachisi David Alaba va yarim himoyachi Arda Gyuler jarohatdan so'ng individual mashg'ulotlarni boshlashdi.

Alaba jarohati sabab "qaymoqranglilar"ning so'nggi 3 ta o'yinini o'tkazib yuborgandi. Gyuler esa ushbu mavsumda hali umuman maydonga tushmagan.

Alaba 21 oktyabr kuni "Sevilya"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Gyulerning to'liq tuzalib ketish vaqti hozircha oshkor etilmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca