

El Chiringuito TV ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik futbolchi jamoadagi roli o'zgargani sababli qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Bu mavsumda u "Real" tarkibida 6ta o'yin o'tkazdi, lekin ularning birortasida ham 90 daqiqa to'liq maydonda bo'lmadi.
Takidlanishicha, Braziliya ommaviy axborot vositalarida o'yinchi atrofidagilardan shikoyatlar paydo bo'lmoqda: norozilik, hayronlik va bu vaziyat uning istiqbollariga qanday ta’sir qilishi mumkinligidan xavotir.
"Agar hech narsa o'zgarmasa, Vinisius, ehtimol, yanvarda "Real"da qolmaydi", – dedi El Chiringuito TV jurnalisti Markos Benito.
25 yoshli vingerning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.



