So’nggi yangiliklar

00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  0 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  16 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  4 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  2 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  64 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3

“Real”ning asosiy muammosi yoxud Zidan nimaga etibor berishi zarur Yangiliklar

“Real”ning asosiy muammosi yoxud Zidan nimaga etibor berishi zarur

Mana bir necha haftadan beri Zinedin Zidan shogirdlari bir xil muammo - standartdan qo'yib yuborilgan gollarga duch kelmoqda.

Bu holatga ko'z yumib kelayotganlar ham, “Jirona”ga qarshi o'yindan keyin o'ylanib qolishgani bor gap. CHunki o'sha bahsda “Qirollik klubi” standart vaziyatlardan keyin 3 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqishiga to'g'ri keldi.

Bu yoqimsiz “xet-trik”dan so'ng, Zidan chinakamiga xavotirga tushib qoldi. Jamoaga yaqin insonlarning so'zlariga ko'ra, murabbiyga jamoaning raqib jarima va burchak zarbalarini amalga oshirayotganda himoyalanishi butkul maqul kelmagan va o'z mamlakati milliy terma jamoalariga ketganlar Valdebebasga qaytgandan so'ng, francuz bu masalaga jiddiy kirishadi.      

Ha, jarima va ikki bor burchak to'pidan so'ng Madrid 3ta gol qo'yib yubordi, ammo uch ochko yo'qotmadi. Bunga jamoa faqatgina Krishtianu Ronalduning fantastik oqshom o'tkazgani tufayli erishdi. SHu o'rinda bu masalaga jiddiy etibor berilmaganining yana bir sababi, shu kungacha “Real” standartdan gol o'tkazib yuborgan o'yinlarida ochko yo'qotmadi. Jamoa bungacha “Eybar”, “Leganes”, “Real Sosedad” va “Valensiya”ga qarshi o'yinlarda standartdan so'ng gol qo'yib yubordi. Biroq bugunga kelib futbolchilar ham yaxshi tushunib turibdiki, darvozasi yaqinidagi standart vaziyatlar poytaxt jamoasi uchun haqiqiy “bosh og'riq” bo'lmoqda. Oldinda esa “Yuventus”ga qarshi qiyin o'yinlar kutib turibdi va bu kabi xatolar qimmatga tushishi hech gap emas.

“Jirona”ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Zidanning himoya chizig'idagi muammolar borasidagi gaplari shunchaki og'riqli nuqta haqidagi eslatmadek bo'ldi va murabbiy vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirishga harakat qildi. Aynan shu jihat sabab “Qaymoqranglilar” Qirollik Kubogi yarim finaliga bir qadam qolganda musobaqadan chiqib ketishgandi. Jamoa o'z uyi “Bernabeu”da “Leganes”ni qabul qildi va burchak to'pidan keyin gol o'tkazib yubordi hamda yakunda aynan shu gol raqibni keyingi bosqichga olib chiqdi.    
Aynan standart vaziyatlar tufayli “Real Madrid”ning chempionatdagi ishlari unchalik yurishmayapti. Klub 33 bor o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborgan bir paytda, “Barselona”da bu ko'rsatkich — 13, “Atletiko Madrid”da — 14 tani tashkil qilmoqda. Endi tushunyapsizmi, nega jamoa ulardan ortda qolayotganini?!

Klub va uning muxlislari baxtiga Krishtianu Ronalduning “ketmoni uchib turibdi”. Ammo birinchi davrada portugaliyalikning ham oldindagi ishlari yurishmayotganida himoyadagi muammolar yaqqol sezilib qolyapti.

Buni qarangki, “Real Madrid” La Liga bahslarida “Bernabeu”da 17 bor gol o'tkazib yubordi. CHempionatda bor yo'g'i olti jamoa uyida undan ko'p gol qo'yib yuborgan.  

Futbolchilarning “Hali biz chempionlik uchun kurashni davom ettirayapmiz” degan intervyulariga qaramay, bu mavsum ichki chempionatida g'olib bo'lish mushkul vazifa. Ammo jamoa nima bo'lganda ham, chempionatda eng yuqori o'rinlardan birini qo'lga kiritishi zarur. Bundan tashqari, CHempionlar Ligasidagi kurash. “Yuventus”ga qarshi o'yindan oldin Zinedin Zidanning malum vaqti bor va turinliklarga qarshi uchrashuvlargacha muammolar bartaraf etilishi shart, aks holda umuman sovrinsiz mavsumdan so'ng, Peres boboning qarorlari o'ta keskin bo'lishi hech kimga sir emas.

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика