"Real"ning 5 nafar futbolchisi "Inter"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
13 sen 2021 20:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657755_original.jpg)
![](/upload/storage/657755_220.jpg)
"Real"ning 5 nafar futbolchisi "Inter"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Inter"ga qarshi o'yin uchun Milanga boradigan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.
Italiyalik mutaxassis bu o'yinda birato'la beshta futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Ferlan Mendi, Marselo, Toni Kroos, Dani Sebalos va Garet Beyl jarohatlari tufayli "qaymoqranglilar"ga yordam bera olmaydi. Ammo La Ligada "Selta" bilan oxirgi uchrashuvni (5:2) o'tkazib yuborgan himoyachi David Alaba o'yin qaydnomasiga kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, "Inter"–"Real" uchrashuvi 15 sentyabrdan 16 sentyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar