"Real"ning 5 nafar futbolchisi "Inter"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2021, 20:28
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Inter"ga qarshi o'yin uchun Milanga boradigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Italiyalik mutaxassis bu o'yinda birato'la beshta futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Ferlan Mendi, Marselo, Toni Kroos, Dani Sebalos va Garet Beyl jarohatlari tufayli "qaymoqranglilar"ga yordam bera olmaydi. Ammo La Ligada "Selta" bilan oxirgi uchrashuvni (5:2) o'tkazib yuborgan himoyachi David Alaba o'yin qaydnomasiga kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, "Inter"–"Real" uchrashuvi 15 sentyabrdan 16 sentyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com