"Real"ni kim boshqarishi malum bo'lmoqda
13 noy 2018 21:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/462450_original.jpg)
![](/upload/storage/462450_220.jpg)
"Real"ni kim boshqarishi malum bo'lmoqda
"Real" rahbariyati Santyago Solariga 2020 yilning yozigacha shartnoma taklif qiladi.
"Marca" xabariga ko'ra, bunday qarorni Florentino Peresning o'zi ilgari surmoqda. U argentinalikning jamoada ishlayotganidan mamnun bo'lmoqda.
Solari bundan ikki haftalar oldin Xulen Lopetegining o'rnini egallagandi. Uning qo'l ostida "Real" barcha turnirlarda 4 o'yinda g'alabaga erishdi. To'plar nisbati 15:2ga teng.
Ayni damda "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalining 6-pog'onasini egallab turibdi.
Oldinroq "Real" Antonio Kontening nomzodidan voz kechgani borasida malumotlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar