So’nggi yangiliklar

16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  0 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  0 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  2 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  0 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  0 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  14 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  6 13:26ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон кўтарилди  15 13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  1 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  2 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  3 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2 10:45ПСЖ икки нафар супер трансфер бўйича келишувга эришди — Фабрицио Романо  6 10:13«Арсенал» Европа чемпионини сотиб олмоқчи  1

"Real"dagi Beyl muammosi Yangiliklar

"Real"dagi Beyl muammosi

"Real" joriy mavsumni "Bernabeu"da "Betis"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lib yakunladi.

"Qirollik klubi" uchun mavsum juda yomon yakunlandi - nafaqat "Barsa", balki "Atletiko" ham ulardan uzoqlashib ketdi. Natija - uchinchi o'rin.


Aprel boshidan beri jamoa 4 marta imkoniyatni boy berdi, joriy mavsumdagi mag'lubiyatlar soni 18ta. Yana bitta muvaffaqiyatsizlik bo'lganida klub o'z tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz mavsumni takrorlagan bo'lardi. "Real" 1984/95 mavsumda 19 marta mag'lubiyatga uchrab, klub antirekordini o'rnatgan.


- "Real" LaLigada 12ta mag'lubiyatga uchradi. Bu so'nggi 20 yil ichidagi eng yomon natija. Bundan battarroq 1973/74 mavsumda bo'lgan. 

- "Real" joriy mavsum avvalgisida 31ta kam gol urdi. Qiziq, o'sha mavsum Ronaldu 31ta golda ishtirok etgan ekan (26ta gol, 5ta assist).


Ammo bu salbiy natijalar hammasi emas. Klub ichida ham bir-nimalar sodir bo'lyapti.

"Betis"ga qarshi bahsdan so'ng "Real" futbolchilari tribunalardagilarga rahmat aytish uchun borganida, Beyl tezda kiyinish xonasiga qochib qoldi. Ronaldu ketganidan keyin uelslik jamoaning yangi etakchisiga aylanishi kerak edi, ammo hammasi aksincha bo'ldi. Ayniqsa Zidan qaytganidan so'ng.


Beyl jarohat olguniga qadar Lopetegi va Solari qo'l ostida ko'pincha asosiy tarkibda maydonga tushar edi. U yanvargacha 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Zidan qaytganidan keyin zaxiraga o'tmadi - xatto murabbiyning debyut uchrashuvida gol urdi, biroq mavsum yakuniga yaqin muammolar paydo bo'ldi.


Beyl so'nggi uchta uchrashuvda ishtirok etmadi - "Vilyarreal" hamda "Sosedad"ga qarshi bahslarda qaydnomaga kiritilmadi, "Betis" bilan o'yinda esa zaxirada qoldi. Mavsumning oxirgi o'yinida kutilgan va kutilmagan holat ro'y berdi: Zidan 52-daqiqada uch futbolchini mashg'ulot o'tkazishga yubordi, ularning orasida Beyl yo'q edi. Bahsdan so'ng Zidan quyidagi gaplarni aytdi:

"Beyl bu erda juda ko'p g'alaba qozondi, ammo biz bugungi kun bilan yashayapmiz. Biz o'tmishni unutmaymiz, lekin hozirgi kun bilan yashashimiz kerak".

"Oxirgi to'rt hafta mobaynida men boshqa futbolchilarga ko'proq ishonch bildirdim. Agar menda to'rtta zaxira imkoniyati bo'lganda ham, Beylni maydonga tushirmagan bo'lardim.

Men qarorlarni qabul qilaman va albatta buni klub manfaatlaridan kelib chiqib qilishim kerak. Transferlar oynasi? Bilmadim, nima ro'y beradi".


Beyl 2013 yildan beri "Real"da. U "Qirollik klubi" bilan 13ta sovrin qo'lga kiritdi va klub safida 102ta gol urdi.

Ko'pchilikning fikricha, uelslik tez orada klubni tark etadi, ammo hammasi oson emas. Jurnalist Fernando Burgosaning malumotlariga ko'ra, futbolchi "Betis"ga qarshi bahsdan so'ng g'azabda bo'lgan va kiyinish xonasida quyidagilarni aytgan:

"SHartnoma bo'yicha yana 3 yilim bor. Agar ular ketishimni istayshsa, har mavsum uchun 17 mln. evrodan to'lashlari kerak. Aks xolda qolaman. Agar men golf o'ynashim kerak bo'lsa, buni ham qilaman".


Zidanning fikricha, kelasi mavsum hammasi yaxshi bo'lishi kerak. Klub 200 mln. evrolik futbolchilarni sotsa, yozda 300 mln. evrolik xarajat qilmoqchi. Murabbiy o'z ro'yxatidagi o'yinchilarga erishadi va halaqit berayotganlar bilan xayrlashadi.

"Kelasi mavsumda nima qilishimiz haqida gapirmayman, ammo jamoa boshidan kurashadi. Bu klub tarixidagi birinchi omadsiz mavsum emas. Yomoni ketidan yaxshisi keladi. Biz bu mavsumni unutmasligimiz kerak" - deydi Zidan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика