“Real”da yangi mavsum kim ikkinchi posbon bo'lishi ma'lum

18 iyun 2019, 07:23
Tibo Kurtua asosiy darvozabon bo'lishi ancha oldin ma'lum bo'lgandi.

Madridliklar Keylor Navas va Luka Zidan bilan transferlar oynasi yopilgunga qadar xayrlashishga harakat qiladi. “Real” yangi mavsumda Andrey Luninni ikkinchi posbon rolida sinab ko'rishni istamoqda. 

Ma'lumot uchun, Keylor Navas uchun hozircha birorta rasmiy taklif kelib tushmagan. Luka Zidan ham jamoadagi holatidan norozi va u ham o'ziga yangi jamoa topishga harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express