So’nggi yangiliklar

15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  15 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  20 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3

"Real"da chempionlik mentaliteti bor yoxud "Yuventus"ga qarshi uchrashuv haqida 5 xulosa Yangiliklar

"Real"da chempionlik mentaliteti bor yoxud "Yuventus"ga qarshi uchrashuv haqida 5 xulosa

Teglar :  RealYuventus
Kambekning beliga tepgan uchrashuv haqida 5 xulosa.

IDEAL REAKCIYA

"Barselona" "Roma"ga qarshi o'yinda raqibiga yaxshi o'ynash va gollar uchun imkoniyatlar yaratib berdi. Garchi birinchi bo'limda o'yin o'xshamagan bo'lsa-da, murabbiy ushbu falsafani o'zgartirishni istamadi.

Zidan jamoasi esa "Yuventus"ga gol urishni uddaladi va adekvatik o'yin namoyish etdi: birinchidan, zaxiradan tushganlar jamoadoshlarini uyg'otib yuborishdi. Ikkinchidan esa, "Real" faqatgina bitta gol urish uchun harakat qildi.

"Real" gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, turnirdan chiqib ketish haqida o'ylamadi. Ular 90 daqiqa vaqt davomida qila olmagan ishni qandaydir daqiqalarda bajarib ketishdi. Bunda jamoa futbolchilarining har bir bo'layotgan mayda detalga qilinayotgan reakciyalari muhim rol o'ynadi. Yani, futbolchilar asabiylashib ketishmadi, vaziyatlarga yaxshi yondashishdi, sovuqqon o'ynashdi. Yakunda taqdirlanishdi. Bravo.

DAHSHATLI "YUVENTUS"

"Keksa sinora" juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Bunda Allegrining ikki fishkasini ko'rdik.

1. "Yuventus" butun jamoa bo'lib pressingga zo'r berdi, jamoadagilar maydonda bo'sh hududlar ochib qo'yishmadi va ajralib ketmadi. “Keksa sinora” vakillari balki birinchi o'yindagi natijadan keyin taslim bo'lgandir va shu orqali bosimsiz o'yin namoyish etishdi. Birinchi goldan keyin esa Turin klubi azolari gladiatorlarcha harakat qilishdi, oxirigacha kurashishdi.

2. Yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin imkoniyatlar juda kam edi. SHu boisdan Allegri "Real" bo'shashib o'ynashini kutdi va bundan unumli foydalanmoqchi bo'ldi. Ilk daqiqalardan urilgan gol esa jamoaga yaxshi tasir qildi va o'yinni ochib yubordi. U shunchaki o'yinning borishini nazorat qilishni, to'pni ko'proq o'zlarida ushlab turishni istadi. Oqibatda jamoa 90 daqiqalikda o'z maqsadiga etdi, biroq buyog'iga nimalar bo'lganini bilasiz.

KEYLOR HAQIDA GAPIRISH SHART EMAS

"Real" prezidenti Florentino Peres yozgi transferlar oynasi vaqtida kuchli darvozabon sotib olishni o'ylamoqda. Uning uchinchi golda qilgan xatosi esa Keylor Navasning darajasini tushirib yubormaydi. U tez-tez xato qilib turadi, biroq doimo jamoasini gollarda saqlaydi. Juda sovuqqon. SHu boisdan "Real"ning asosiy darvozaboni.

Navas yarim finallarda ko'p o'ynadi. Tajriba juda katta. Biroq Peres yangi darvozabon kelishini istaydi. Zidan esa hozircha kosta rikalik darvozabonni afzal ko'rmoqda. Navas "Real"ning asosiy posboni bo'lishga loyiq. Etibor bergan bo'lsangiz, uchrashuv davomida Navas yaxshi harakat qildi, bir necha gollardan saqlab qoldi. Ammo tan olish kerak, “Real” Turindagi kabi o'ynay olmadi.

BUFFON NIMA QILSIN?

Yig'i, ko'z yosh, nola - 12 aprel mana shunday xodisalarga boy bo'lgani aniq. Buffon JCHga chiqa olmaganida ham biz shunday voqeani ko'rgandik. Agarda u manman, kibrga berilgan futbolchi bo'lganida hakam bilan oxirigacha tortishgan bo'lardi. Biroq u kartochka olganidan keyin maydonni tark etdi. U buyuk qahramon. Albatta, u 11 metrlik jarima berilganidan keyin hakam bilan bahslashdi. Biroq kartochka ko'rsatilganidan keyin ko'p ham gapirmadi. Angliyalik hakam Maykl Oliver unga qizil kartochka beridi. Balki bu Buffonning ECHLdagi so'nggi o'yinidir...

RONALDU - DAHO

U o'zini Messi bilan solishtirishlarini istamaydi. CHunki ular ikki xil o'yin ko'rsatadigan futbolchi vao'z uslubi bo'yicha daho futbolchilardir. "Yuventus" bilan uchrashuv umuman boshqa scenariy ostida kechgan bo'lsa ham, Ronaldu juda yaxshi o'yin namoyish etdi. U eng masuliyatli ishni o'z bo'yniga oldi. Oson, axir bu penalti edi-ku deysizmi? Yo'q, so'nggi soniyalarda penalti tepish - og'ir masuliyat. Agarda, uni ura olmay qolsang bormi...


O'yin siz-u biz kutmagan vaziyatlar bilan yakunlandi. "Real" muxlislari penalti bor deydi, ayrimlar esa 11 metrlik nohaqdan berildi deb hisoblaydi. Biroq o'yin yakunlandi, hisob tarixga bitildi va "Real" yarim finalga chiqdi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика