"Real" yakuniy qaror qabul qilishni Marseloning o'ziga qo'yib berdi
09 iyu 2019 22:19
Yangiliklar


"Real" yakuniy qaror qabul qilishni Marseloning o'ziga qo'yib berdi
Real jamoaning himoya chizig'I vakili braziliyalik Marseloga kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilish uchun imkon beradi, deya xabar qiladi Marca.
Manbaning malum qilishicha, klub ustozi Zayniddin Zidan 31 yoshli futbolchini zaxirada qoldirmoqchi. Uning asosiy tarkibdagi o'rnini esa «Real»ga transfer bo'lishi kutilayotgan «Lion» azosi Ferlan Mendi olishi kutilmoqda. SHu sababdan, Marselo klubda qolish yoki qolmasligi haqida o'ylab ko'rishi zarur.
Eslatib o'tamiz, Marselo 2007 yilda «qirollik klubi» safiga kelib qo'shilgan. Joriy mavsum esa u LaLiganing 23 o'yinida qatnashib, 2tadan gol va samarali uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygandi. Marseloning klub bilan kelishuvi 2022 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar