"Real" Xabib Nurmagamedovni taklif qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2018, 15:46
Rossiyalik UFC janchisi Xabib Nurmagamedov "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan muloqot qilib turganini aytdi.

Shu bilan birga, u "qaymoqranglilar" taklifiga ko'ra "Real" o'yinida mehmon bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Uch kun oldin u (Ronaldu) bilan gaplashdim va kecha "Real" rasmiy sahifasidan menga yozishdi. Ular meni 10 fevral kuni Madridda bo'ladigan "Real Sosedad"ga qarshi bahsga taklif qilishmoqchi. Hozir u erga borib, keyin Amerikaga tayyorgarlik uchun uchib ketishni rejalashtiryapman" - deydi Nurmagomedov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com