"Real" Xabi Alonso bilan barcha narsani kelishib oldi
12 may 2025 14:28
Yangiliklar
"Real" Xabi Alonso bilan barcha narsani kelishib oldi
"Bayer"ning amaldagi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyi lavozimini egallaydi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 43 yoshli ispaniyalik mutaxassis "qaymoqranglilar" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan. Alonso 2025 yilgi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin rasman bu lavozimga kirishishi aytilmoqda.
"Real"ning hozirgi bosh murabbiyi 65 yoshli Karlo Anchelotti bo'lib, u 2021 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Aytish joizki, "qirollik klubi" joriy mavsum italiyalik bosh murabbiy qo'l ostida birorta sovrinni yutolmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Хетафе"га мағлуб бўлиб, чемпионлик пойгасида "Барселона"ни ўзидан узоқлаштирди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Роналду оиласи билан бирга Саудия Арабистонини тарк этди
Мухлислар ташрифи. Энг кам мухлис "Локомотив"да, энг кўпи эса...
Fikrlar