"Real" va "Yuventus" bir futbolchi uchun kurashmoqda

Mirjalol Normatov
16 fev 2020, 13:50
"Real" va "Yuventus" rahbariyati "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torresning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, ayni damda futbolchi "Valensiya" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Bu holatni Turin va Madrid klublari kuzatib borishmoqda. Shuningdek, u "Borussiya" qiziqishlariga ham tushib qolgan.

Ushbu mavsumda 19 yoshli Torres "Valensiya" tarkibida barcha turnirlarda 31 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi va 6 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca