"Real" va "MYU" Ribeyro uchun kurashadilar
25 dek 2013 23:31
Yangiliklar


"Real" va "MYU" Ribeyro uchun kurashadilar
Ispaniya va Angliyaning top klublari "Kruzeyru" yarim himoyachisi Everton Ribeyroni harid qilish uchun jiddiy kirishdilar.
"Daily Star"ni xabar berishicha, Ribeyro bilan "Manchester Yunayted" anchadan beri shartnoma imzolashni maqsad qilgan. SHu kunlarda 24 yoshli futbolchi uchun kurashga "Real" ham qo'shildi. Futbolchini o'zi Angliyaga borishni maqsad qilyapti, ammo madridliklarni taklif qiladigan shartnomasi uni o'ylantirib qo'yishi mumkin.
"Men "MYU"ni tanlagan bo'lar edim. Yarim himoyaning istalgan nuqtasida to'p tepishim mumkin. O'zimga ko'proq pleymeker vazifasini bajarish yoqadi. O'ylashimcha, dunyoning istagan chempionatida to'p tepa olaman", - deydi Ribeyro.

Fikrlar