"Real" va "Atletiko" o'rtasidagi javob uchrashuvini Feliks Brix brigadasi boshqaradi
20 apr 2015 17:12
Yangiliklar


"Real" va "Atletiko" o'rtasidagi javob uchrashuvini Feliks Brix brigadasi boshqaradi
22 aprel kuni bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvlarining hakamlari malum bo'ldi.
"Real" va "Atletiko" o'yini Feliks Brix boshchiligidagi nemis brigadasiga topshirildi. Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahs golsiz yakunlangan.
"Bavariya" va "Portu" o'rtasidagi javob uchrashuvini esa shotlandiyalik Uilyam Kollam boshqaradi. O'yin "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi. Bu juftlikning birinchi uchrashuvida portugaliyaliklar 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

Fikrlar