"Real" va "Atletiko" o'rtasida bor yo'g'i 3 ochko farq qoldi
21 fev 2021 03:18
Yangiliklar


"Real" va "Atletiko" o'rtasida bor yo'g'i 3 ochko farq qoldi
Diego Simeone jamoasining bitta zaxira o'yini bor.
La Liga 24-tur doirasida Madridning "Real" klubi safarda "Valyadolid" ustidan g'alaba (1:0) qozondi.
Bu orqali Zinedin Zidan jamoasi hamshaharlari "Atletiko" bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirishdi.
La Liga etakchisi bo'lib turgan "matraschilar" 23 o'yinda 55 ochko jamg'argan, "Real" esa 52 ochko (24 o'yin) bilan 2-o'ringa joylashdi.
"Barselona" 22 bellashuvdan keyin 46 ochko to'plagan va bu turda o'z maydonida "Kadis"ni qabul qiladi.
La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing
O’xshash yangiliklar

Fikrlar