"Real" tarbiyalanuvchisi La Ligaga qaytishi mumkin
13 jan 2020 13:08
Yangiliklar
"Real" tarbiyalanuvchisi La Ligaga qaytishi mumkin
"Napoli" forvardi Xose Kalexon Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.
32 yoshli futbolchining xizmatlariga Barselonaning "Espanol" klubi qiziqish bildirmoqda.
Kalexon yozda "Napoli" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan edi.
Kalexon 2011-2013 yillarda "Real"ning asosiy jamoasi sharafini himoya qilgan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Darhaqiqat, Xose 2008-2011 yillarda ham aynan "Espanol"da o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Kalexon joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etgan.
Fikrlar