"Real Sosedad" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
24 dek 2020, 12:43
Mutaxassis yana bir necha yillar davomida San-Sebastyan klubida bo'ladi.

"Real Sosedad" bosh murabbiyi Imanol Alguasil klub bilan shartnomasini 2023 yilning iyuniga qadar uzaytirdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Mutaxassis bilan tuzilgan oldingi shartnoma joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan edi.

Alguasil "Real Sosedad"ning asosiy jamoasini 2018 yilning dekabridan beri boshqaradi. Basklar joriy mavsum La Liga turnir jadvalida 15 turdan so'ng 3-o'rinda borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realsociedad.eus