"Real" sobiq prezidenti: "Ronaldu yana ikki-uch yilni Evropaning top-ligalarida o'tkazishini istardim"
13 fev 2023 19:30
Yangiliklar


"Real" sobiq prezidenti: "Ronaldu yana ikki-uch yilni Evropaning top-ligalarida o'tkazishini istardim"
"Real"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu hali ham Evropada o'ynashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Ronaldu yana ikki-uch yilni Evropaning top-ligalarida o'tkazishini istardim. Menimcha, u hali ham yaxshi formada. Krishtianu – butun faoliyati davomida o'ziga etiborni susaytirmagan futbolchi.
Menimcha, u Saudiya Arabistoniga borishni yaxshi variant deb hisoblagan, shuning uchun unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", – dedi Kalderon.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar