"Real" sobiq futbolchisi "Gremio" bilan shartnoma imzoladi
02 jan 2020 11:30
Yangiliklar


"Real" sobiq futbolchisi "Gremio" bilan shartnoma imzoladi
Lukas Silva "Gremio" bilan 2024 yilning so'nggiga qadar shartnoma imzoladi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
26 yoshli xavbek yangi klubiga erkin agent maqomida borib qo'shildi. Lukas Silva faoliyatini "Kruzeyro"da boshlagan.
U "Kruzeyro"dan o'zini Janubiy Amerikadagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida ko'rsatdi va 2015 yilda ketma-ket Braziliya chempionatidagi ikkita g'alabadan so'ng "Real"ga sotilgan edi.
Braziliyalik futbolchi "Real"da o'zini ko'rsata olmadi, shuning uchun u "Marsel" va "Kruzeyro"ga ijaraga berildi. "Kruzeyro"ga esa 2017 va 2018 yillarda Braziliya Kubogini yutishga yordam berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar