"Real" skautlari "Sporting" futbolchisi o'yinini kuzatib borishdi
31 okt 2022 19:42
Yangiliklar
"Real" skautlari "Sporting" futbolchisi o'yinini kuzatib borishdi
Madrid klubi skautlari "Sporting" azosi Pedro Porroning harakatlarini kuzatib bormoqda.
"Qirollik klubi" vakillari xuddi shu maqsadda hafta o'rtasida CHempionlar Ligasi doirasida "Sporting" Lissabonning "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (1:1) 23 yoshli futbolchining o'yinini ko'rish uchun tashrif buyurdi.
Porro asosan o'ng qanot himoyasida hakatlanadi. SHuningdek, u xuddi shu qanotning yuqoriroq qismida ham o'ynay oladi. Ispaniyalik futbolchining Portugaliya jamoasi bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan, biroq Pedro Borroni nishonga olganiga allaqachon bir yil bo'lib qolgan "Real" futbolchini kelasi yozdayoq tarkibiga qo'shib olmoqchi.
Ispaniyalik futbolchi ushbu mavsum 13 ta o'yinda maydonda harakatlandi va 4 ta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar