"Real" Salah uchun 160 mln evro to'lashga tayyor
12 mar 2018 19:07
Yangiliklar
"Real" Salah uchun 160 mln evro to'lashga tayyor
"Real" rahbariyati "Liverpul" vingeri Muhammad Salahni Garet Beylning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
Beyl yozda APLga qaytishi mumkin. "El Confidencial" nashrining xabaro berishicha, madridliklar 25 yoshli misrlik uchun 160 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Salah "Liverpul"ga 2017 yilning yozida "Roma"dan kelgan edi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2021/2022 mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Muhammadning "transfermarkt.de" bo'yicha transfer narxi 80 million evroni tashkil qiladi.
Joriy mavsum Salah mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 40ta o'yin o'tkazdi va 32ta gol urib, 11ta golli pas berdi.
Fikrlar