"Real" Ronaldu va Beyl bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmaydi
15 jan 2016 11:54
Yangiliklar
"Real" Ronaldu va Beyl bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmaydi
"Real" rahbariyati jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu va yarim himoyachi Garet Beyl bilan xayrlashmoqchi emas.
Malumotlarga ko'ra, Ronaldu xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan edi, Beylni esa Premer-liga klublari va PSJ o'z safida ko'rmoqchi, ammo FIFA tomonidan "Real"ga yangi futbolchi xarid qilish taqiqlanganidan so'ng, "Qirollik klubi" Beyl va Ronaldu hamda boshqa etakchi futbolchilarni qo'yib yubormaydigan bo'ldi.
Oldinroq FIFA "Real" va "Atletiko"ga ikki transfer oynasi mobaynida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlagan edi.
Ikkala klub ham hozirgi transfer oynasida futbolchi xarid qila oladi, ammo 2016 yilning yozida va 2017 yilning yanvar oyida bu jamoalar yangi futbolchi ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Fikrlar