

Madridliklar rahbariyati La Ligada "Barselona"dan 12 ochkolik farqni qaytarib olish deyarli imkonsizligini tushunadi va shuning uchun italiyalikdan Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozonishini talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, har ikki turnir finaliga chiqish Anchelottini iste'fodan qutqarishi mumkin. Ammo buning uchun "Real" Ispaniya Kubogi yarim finalida "Barselona"ni engishi, Chempionlar Ligasida esa avvaliga "Chelsi"ni, keyin esa "Manchester Siti" – "Bavariya" juftligi g'olibini musobaqadar chiqarib yuborishi lozim.



