"Real" Pogba bilan shartnoma imzolash uchun yana bir bor urinib ko'radi
18 avg 2019 21:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/513055_original.jpg)
![](/upload/storage/513055_220.jpg)
"Real" Pogba bilan shartnoma imzolash uchun yana bir bor urinib ko'radi
"Qirollik klubi" MYU yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi ustida ish olib bormoqda.
Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi. Ayni vaqtda, mankunianliklar franciyalik xavbek uchun keladigan har qanday taklifni rad etishni ko'zlamoqda. Negaki, ular yozgi transfer oynasi vaqtida Pogbaning o'rnini bosuvchi futbolchi sotib olishmagan.
Oldinroq, 26 yoshli futbolchi "Real"ga o'tishdan umidvor ekani, lekin MYU rahbariyatiga buning uchun bosim qilish niyati yo'qligi haqida malumot berilgandi.
APLning birinchi turida ("CHelsi" 4:0) Pogba 2 ta assist qayd etganini etirof etish kerak.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar