"Real" Oskar Rodrigesga narx belgiladi

Alisher
21 may 2020, 15:36
Madridliklar istedodli yarim himoyachini qo'yib yuborishga tayyorlar.

"Real" joriy mavsum "Leganes"da ijara asosida o'ynayotgan Oskar Rodrigesga 20 million evro miqdorida narx belgiladi.

21 yoshli o'yinchiga "Vulverxempton", "Lacio" va "Shalke" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Oskar Rodriges joriy mavsum "Leganes" libosida 28ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo