"Real" Mbappeni ogohlantirdi
21 fev 2022 12:19
Yangiliklar


"Real" Mbappeni ogohlantirdi
"Real" PSJning Kilian Mbappe bilan shartnoma muddatini uzaytirish borasidagi harakatlaridan havotirda.
The Times"ning xabariga ko'ra, parijliklar franciyalik futbolchiga "astronomik" maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qilganlar. Madridliklar esa maosh borasida bunchalik katta taklif bildirish niyatlari yo'q.
Ispaniya poytaxtidagilar forvard bilan og'zaki kelishuv borligini yaxshi bilishadi, ammo "qaymoqranglilar" vaziyat o'zgarib ketishi va Mbappe hozirgi jamoasi bilan shartnoma muddatini uzaytirishi mumkinligini ham imkonsiz deb bilishmaydi.
SHuning uchun "Real" rahbariyati hujumchini ogohlantirishgan. Agar Kilian shu yil yozda Madridga ko'chib o'tmasa, pullar boshqa transferlarga ishlatib yuboriladi va Mbappe mavzusi "Real" uchun butkul yopiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar