"Real Madrid"ning kelasi yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum

Khoja
10 okt 2024, 10:58
"Real Madrid" kelasi yozdagi asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi.

 "Qirollik klubi" 2025 yilning yozida "Arsenal"ning asosiy himoyachisi Vilyam Salibani sotib olmoqchi. Buning uchun madridliklar London klubiga 80 million evro to'lashga tayyor. 

Ma'lumot uchun, "Arsenal" Vilyam Salibani 2019 yilda 30 million evroga sotib olgandi. 23 yoshli futbolchining "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com