“Real Madrid” Mbappeni qo'lga kiritmasa, bor etiborini kimga qaratishi malum
12 sen 2023 10:23
Yangiliklar
“Real Madrid” Mbappeni qo'lga kiritmasa, bor etiborini kimga qaratishi malum
Madridning “Real” klubi rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferi amalga oshmasa, kimni sotib olishi malum.
Sky Sports xabariga ko'ra, “Real Madrid” Mbappe bilan shartnoma imzolay olmasa, “Manchester Siti” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqadi.
Mbappening Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.
Xulian Alvares esa o'tgan mavsum “Man Siti” tarkibida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar