So’nggi yangiliklar

13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  2 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  3 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4

"Real Madrid" – Ispaniya Superkubogi sohibi! Yangiliklar

"Real Madrid" – Ispaniya Superkubogi sohibi!

Ispaniya Superkubogi doirasidagi "Real" – "Barselona" uchrashuvining ikkinchisida ham Madrid klubi g'olib bo'ldi.

Ispaniya Superkubogi
Javob uchrashuvi
Real Madrid – Barselona 2:0
17 avgust, 02.00, Santyago Bernabeu

Gollar: 1:0 – 4 Asensio, 2:0 – 39 Benzema.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Sebalos, 80), Kovachich (Kazemiro, 62), Asensio (Teo, 75), Modrich, Vaskes, Benzema.
Barselona –   ter Stegen, Pike (Nelson Semedu, 50), Umtiti, Alba (Din, 78), Maskerano, Rakitich, Serdji Roberto, Andre Gomesh (Deulofeu, 72), Buskets, Messi, Suares.

Birinchi o'yin: 3:1


                           MATNLI TRANSLYACIYA

                                      YANGILASH


1. O'YIN BOSHLANDI



2. Xavfli vaziyayayayayayayayat! Asensio chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Modrichning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi!

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0 Asensiooooooooooo! Daxshatli gol! Super gol! SHunchaki so'z ojiz bu golni tariflab berish uchun! Buni ko'rish keraak!


9. "Real" endi ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:1 hisobida oldinga o'tib oldi. Madrid klubi to'xtash niyatida emas! Ronaldusiz ham raqibni mag'lub etmoqchi

12. Suares! Jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Suares to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, noaniq!

16. Messi o'yinga qo'shildi, ammo Keylor Navasni alday olmadi

19. Xavfli vaziyat! Messi chap tomondan to'pni Suaresga uzatdi, ammo himoyachilar to'pni qaytarib yuborishga muvaffaq bo'lishdi.

Asensio golni shunday nishonladi

 

Ronaldu uchrashuvni oilasi davrasida tomosha qilmoqda

29. ZARBA! Toni Kroosning zarbasi noaniq chiqdi!

33. ZARBAAAAAAA! Lukas Vaskesning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BEN ZE MAAAAAAAA ! 2:0 


42. Kimdir "Barselona" kambek qilishiga ishonmoqdami?

45. Birinchi taym tugadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Real" 5:1 hisobida oldinda...



46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

48. Luis Suares o'ng tomondan hujum qildi, uning uzatgan to'pini Keylor Navas ushlab oldi

50. O'zgarish. Pike o'rniga Semedu tushdi

55. ZARBAAAAAAAA! Benzemaning chap oyoqda bergan kuchli zarbasini Ter SHtegen qaytardi!

62. O'zgarish. Kovachich o'rniga Kazemiro tushdi

63. "Barselona" Superkubokni yutishi uchun javobsiz to'rtta gol urishi talab etiladi...

71. ZARBAAAAAAA! LUIS SUARES! Yaqin masofadan gol ura olmadi!

72. O'zgarish. Andre Gomesh o'rniga Delofeu tushdi

75. O'zgarish. Asensio o'rniga Teo tushdi

78. O'zgarish. Xordi Alba o'rniga Luka Din tushdi

80. O'zgarish. Kroos o'rniga Sebalos tushdi

85. Ikkala jamoa azolari ham, muxlislar ham barchasini tushunib bo'lishgan. Superkubok "Real Madrid"ga topshiriladi. Faqat o'yinni tugatib qo'yish qoldi xolos.

89. "Real" o'z muxlislari uchun chiroyli o'yin namoyish etib bermoqda. "Barselona" esa uchrashuv tezroq tugashini kutmoqda.

90+3. O'YIN TUGADI! "Real" Ispaniya Superkubogi sohibi! Madrid klubining barcha muxlislarini tabriklaymiz!

 
Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика