So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Real Madrid Foundation Clinic dasturining birinchi bosqichi nihoyasiga etdi Yangiliklar

Real Madrid Foundation Clinic dasturining birinchi bosqichi nihoyasiga etdi

Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visentelarning Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha yurtimizga tashrifi doirasidagi birinchi bosqichning ikkinchi xaftasi ham o'z nihoyasiga etdi.

2004-2005 yilda tug'ilgan bolalar ishtirokidagi “Bunyodkor” stadionida o'tkazilgan mashg'ulotlarda “Qirollik klubi” mutaxassislari “Real Madrid” akademiyasi metodikasi asosida mashg'ulotlar olib borishgani xaqida avval xabar berib o'tgan edik.

Birinchi bosqichning so'nggi xaftasida ham amaliy darslarga alohida urg'u berilib, asosiy etibor to'pni maydonda olib yurish, to'p bilan muomala qilish, maydonda to'g'ri poziciya tanlay olish, yugurish texnikasi, standart vaziyatlardan unumli foydalanish, “tennisbol” mashg'uloti kabi yo'nalishlarga qaratildi.


Musobaqaning so'nggi kunida “Real Madrid” murabbiylari shogirdlari hamda Azamat Abduraimov boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasi o'rtasida nazorat uchrashuvi ham o'tkazildi. Eslatib o'tamiz 1 iyundan 16 iyunga qadar davom etgan mashg'ulot va master klasslarda respublikamizning barcha xududlaridan tashrif buyurgan 150 dan ziyod yosh sportchilar ishtirok etishdi. Barcha qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Real Madrid Foundation Clinic dasturining keyingi bosqichi O'zbekistonning boshqa shahar va viloyatlarida ham tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика