"Real" "Liverpul" yulduzini nishonga oldi
24 iyu 2024 18:32
Yangiliklar
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold "Real"ga o'tishi mumkin.

Sport.es xabariga ko'ra, Madrid klubi angliyalik himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, "Real" allaqachon 25 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va unga "Liverpul" bilan shartnomasi 2025 yilda tugaguncha kutishini bildirib, erkin agent sifatida Madridga o'tishni taklif qilgan.
SHu bilan birga, "Liverpul" futbolchini saqlab qolish va unga yangi bitim taklif qilish niyatida. "Qizillar"ning yangi bosh murabbiyi Arne Slot himoyachi bilan muzokaralar olib borib, uni shartnomasini uzaytirishga ko'ndirishga urinib ko'rdi.
"Real" Arnoldni Daniel Karvaxal va Lukas Vaskesning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar